Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 261)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 261

مَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنْبُلَةٍ مِائَةُ حَبَّةٍ ۗ وَاللَّهُ يُضَاعِفُ لِمَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 261 ٢٦١

Mollarini Allohning yo`lida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona donga o`xshaydir. Undan yetti boshoq o`sib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana ko`paytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir. (261)

Tafsir
Mollarini Allohning yoʻlida infoq-ehson qiladigan moʻminlarning savobi bir dona donga oʻxshaydi. Dehqon uni bir unumli yerga ekadi va undan yetti boshoq oʻsib chiqadiki, har boshoqda yuztadan don bor. Alloh Oʻzi istagan bandasiga koʻpaytirib, hisobsiz qilib ajrlar beradi. Alloh fazlu karami keng va koʻpaytirib berishga kim haqli ekanini yaxshi biladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin