Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 267)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 267

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَنْفِقُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا كَسَبْتُمْ وَمِمَّا أَخْرَجْنَا لَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ ۖ وَلَا تَيَمَّمُوا الْخَبِيثَ مِنْهُ تُنْفِقُونَ وَلَسْتُمْ بِآخِذِيهِ إِلَّا أَنْ تُغْمِضُوا فِيهِ ۚ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ 267 ٢٦٧

Ey, iymon keltirganlar! Kasb qilgan pok narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa qilinglar. Nopokni qasd etib sadaqa qilmang. Holbuki, uni o`zingiz ham oluvchimassiz, magar ko`z yumsangizgina olasiz. Va bilingki, albatta, Alloh boy va maqtalgan Zotdir. (267)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan zotlar, haloldan kasb qilib topgan molingizdan va Biz sizlarga yerdan undirib bergan nematlarimizdan infoq-ehson qilingiz. Oʻzingizga taqdim qilinganda yoqtirmasdan, jirkanibroq, koʻzingizni yumib oladigan tuban-nopok narsalarni birovga bermangiz. Oʻzlaringiz uchun munosib koʻrmagan narsani qanday qilib Alloh uchun munosib koʻrasizlar? Bilingizki, Alloh sizlarning infoq-ehsoningizdan behojatdir, Oʻz zotiyu amallarida hamdu sanoga loyiq Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin