Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 26

إِنَّ اللَّهَ لَا يَسْتَحْيِي أَنْ يَضْرِبَ مَثَلًا مَا بَعُوضَةً فَمَا فَوْقَهَا ۚ فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا فَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ ۖ وَأَمَّا الَّذِينَ كَفَرُوا فَيَقُولُونَ مَاذَا أَرَادَ اللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًا ۘ يُضِلُّ بِهِ كَثِيرًا وَيَهْدِي بِهِ كَثِيرًا ۚ وَمَا يُضِلُّ بِهِ إِلَّا الْفَاسِقِينَ 26 ٢٦

Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini bilurlar. Ammo kufr keltirganlar: «Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?» – derlar. U o`sha bilan ko`pchilikni zalolatga ketkizar va ko`pchilikni hidoyatga solar. U o`sha bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizar. (26)

Tafsir
Ha, Alloh subhonahu va taolo Oʻzi istagan narsasi haqida masal zarb etadi. Chivin haqida ham, undan yirikroq yoki maydaroq narsalar haqida ham masal zarb etaveradi. U Zot zarb etgan masal qarshisida odamlar ikki turga boʻlinadilar: Moʻminlar va kofirlar. Moʻminlar uni tasdiqlaydilar, masal ortida bir hikmat turganini anglaydilar. Kofirlar esa masxara qilish va ustidan kulish uchun chivin, pashsha, oʻrgimchak kabi bu qadar mayda maxluqotlar haqida masal zarb etishning sababini soʻray boshlaydilar. Allohning javobi shunday yangraydi: Bu masallarda hidoyatlar, koʻrsatmalar va sinov bor. Ular haqida fikr yuritmasdan, tushunmasdan, anglamasdan yuz oʻgirib, zalolatga ketganlar ham koʻp. Ulardan nasihatlanib, ibrat olib hidoyat topganlar ham koʻp. Zalolatga loyiqlargina, sazovorlargina, yani, Allohga itoat etmagan munofiqlargina adashadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin