Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Payg`ambar unga o`z Robbisidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va mo`minlar ham. Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg`ambarlariga hamma-hamma iymon keltirdi. Uning Payg`ambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va: «Eshitdik va itoat qildik, (ey Robbimiz), mag`firatingni so`raymiz va qaytib borish Sengadir», dedilar. (285)
Tafsir
Muhammad alayhissalom oʻziga Parvardigori tarafidan nozil boʻlgan narsalarning hammasiga iymon keltirdi. Moʻminlar ham iymon keltirdilar. Hammalari Allohga iymon keltirdilar, hamma farishtalariga, anbiyolariga nozil qilgan hamma kitoblariga, yuborgan paygʻambalariga iymon keltirdilar va dedilar: "Allohning paygʻambarlaridan birontasini ajratib qoʻymaymiz". Yana shunday dedilar: "Bizgu buyurgan buyruqlaring va bizni qaytargan taqiqlaringga quloq solamiz hamda buyruqlaringni bajarish va taqiqlaringdan tiyilib, Senga itoat etamiz. Parvardigoro, bizni magʻfirat qilishingni soʻraymiz, zero, hamma ishlarimizda boradigan, murojaat qiladiganimiz yakka-yolgʻiz Oʻzingsan".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: