Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 33

قَالَ يَا آدَمُ أَنْبِئْهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ ۖ فَلَمَّا أَنْبَأَهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُلْ لَكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ 33 ٣٣

«Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga o`sha narsalarning ismlarini aytib bergan chog`ida, «Men sizlarga osmonlaru yerning g`aybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi. (33)

Tafsir
Shunda Alloh taolo Odam alayhissalomga qarab: "Ey Odam, ularga bu narsalarning nomlarini aytib ber", dedi. Odam ularning nomlarini aytib bergach, (Alloh farishtalarga): "Sizlarga yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan narsalarni ham, yashirgan ishlarni ham bilaman, demaganmidim", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin