Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 34)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 34

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَاسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ الْكَافِرِينَ 34 ٣٤

Esla, farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizni. Bas, sajda qildilar, magar iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo`ldi. (34)

Tafsir
Bu yerdagi sajda qadrlash va ehtirom manosida. Alloh farishtalarga shunday sajda qilishni buyurgani zahoti uni bajardilar. Asli jindan boʻlgan Iblisgina bu ishdan bosh tortdi. Allohning buyrugʻiga qarshi chiqdi, Odamga sajda qilishdan oʻzini katta olib, kibr qildi va shu bilan kofirlar safiga qoʻshildi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin