Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 60

وَإِذِ اسْتَسْقَىٰ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ فَقُلْنَا اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ ۖ فَانْفَجَرَتْ مِنْهُ اثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَشْرَبَهُمْ ۖ كُلُوا وَاشْرَبُوا مِنْ رِزْقِ اللَّهِ وَلَا تَعْثَوْا فِي الْأَرْضِ مُفْسِدِينَ 60 ٦٠

Muso o`z qavmini serob qilishni so`raganida, «Hassang bilan toshni ur!» deganimizni eslang. Bas, undan o`n ikki buloq otilib chiqdi. Har qabila o`z suvini bildi. Alloh bergan rizqdan yeb-ichinglar. Yer yuzida buzg`unchilik ustiga buzg`unchilik qilmanglar. (60)

Tafsir
Allohning sizlarga ato etgan nematlarini eslanglar. Choʻlda suvsizlikdan madoringlar qurib turganda Muso alayhissalom Parvardigoriga nola qilib suv soʻraganida unga "Asoingni toshga ur", dedik va u shu ishni qilganida undan necha qabila boʻlsanglar oʻshancha, yani, oʻn ikki buloq otilib chiqdi-ku! Shu bilan har bir qabila uchun oʻziga xos ichadigan chashma boʻlib, oʻzaro talashib-tortishishga hojat qolmadi-ku! Keyin sizlarga: " Alloh sizlarga hech bir mashaqqatsiz ato etgan rizqdan yeb-ichinglar va yer yuzida buzgʻunchilik qilib yurmanglar", dedik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin