Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 71

قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لَا ذَلُولٌ تُثِيرُ الْأَرْضَ وَلَا تَسْقِي الْحَرْثَ مُسَلَّمَةٌ لَا شِيَةَ فِيهَا ۚ قَالُوا الْآنَ جِئْتَ بِالْحَقِّ ۚ فَذَبَحُوهَا وَمَا كَادُوا يَفْعَلُونَ 71 ٧١

U: «U Zot, o`sha sigir minilmagan, yer haydash, ekin sug`orishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yo`q, deyapti», – dedi. Ular: «Ana endi haqni keltirding», – dedilar. Bas, uni so`ydilar. Sal bo`lmasa, qila olmasdilar. (71)

Tafsir
Muso dedi: "Alloh ayturki, u sigir yer haydash, ekin sugʻorish kabi ishlarda xor boʻlib ishlamagan, oʻzi soppa-sogʻ, hech qanday aybi yoʻq, sap-sariq rangidan boshqa rangi yoʻq". Shunda ular, mana endi sigirni aniq tavsiflading, dedilar va uni topib soʻydilar. Sarkashliklari oqibatida bu ishning uddasidan chiqa olmay qolishlariga bir bahya qolgandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin