Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 83)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 83

وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَ بَنِي إِسْرَائِيلَ لَا تَعْبُدُونَ إِلَّا اللَّهَ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَقُولُوا لِلنَّاسِ حُسْنًا وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ ثُمَّ تَوَلَّيْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا مِنْكُمْ وَأَنْتُمْ مُعْرِضُونَ 83 ٨٣

Allohdan boshqaga ibodat etmaysiz, ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga yaxshi gaplar ayting, namozni qoim qiling, zakot bering, deb Bani Isroildan ahdu paymon olganimizni eslang. So`ngra, ozginangizdan boshqangiz yuz o`girib, ortga qarab ketdingiz. (83)

Tafsir
Ey Bani Isroil, sizlardan Allohni yaktolash, Undan oʻzgaga ibodat qilmaslik, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va muhtojlarga yaxshilik qilish, odamlarga qoʻpollik qilmasdan yaxshi gapirib, ularni yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish, namozni xuddi Biz buyurgandek toʻkis ado etish, zakotni mamnuniyat bilan haqdorlarga berish haqida ahd olgan edik. Keyin esa sizlar unga vafo qilishdan bosh tortdingiz. Alloh saqlab qolganlargina bundan mustasno boʻlib, ahdlariga vafodor boʻldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin