Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 89)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 89

وَلَمَّا جَاءَهُمْ كِتَابٌ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ مُصَدِّقٌ لِمَا مَعَهُمْ وَكَانُوا مِنْ قَبْلُ يَسْتَفْتِحُونَ عَلَى الَّذِينَ كَفَرُوا فَلَمَّا جَاءَهُمْ مَا عَرَفُوا كَفَرُوا بِهِ ۚ فَلَعْنَةُ اللَّهِ عَلَى الْكَافِرِينَ 89 ٨٩

Ularga Allohning huzuridan o`zlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda, va holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar. Bas, qachonki ularga o`zlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga Allohning la'nati bo`lsin. (89)

Tafsir
Quroni karim ham, Tavrot va Injil ham Alloh tarafidan nozil qilingandir. Shuning uchun ularda umumiy sogʻlom asllar farq qilmaydi. Bir-biriga toʻgʻri kelaveradi. Ular Quron nozil boʻlishidan oldin, bizga yaqinda bir paygʻambar yuboriladi, unga iymon keltirib va ergashib, mushriklar ustidan gʻalaba qozonamiz, deyishardi. Quron va Muhammad alayhissalom oʻsha oʻzlari aytgan tarifga va oʻzlari oʻrgatayotgan haqiqatga muvofiq kelganini koʻra-bila turib, unga kufr keltirdilar. Endi bunday kofirlarga Allohning lanati boʻlsin!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin