Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 92)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 92

وَلَقَدْ جَاءَكُمْ مُوسَىٰ بِالْبَيِّنَاتِ ثُمَّ اتَّخَذْتُمُ الْعِجْلَ مِنْ بَعْدِهِ وَأَنْتُمْ ظَالِمُونَ 92 ٩٢

Va batahqiq, Muso sizlarga ravshan(mo`'jiza)lar ila keldi. So`ngra, siz undan keyin zolim bo`lgan holingizda buzoqni (xudo) tutdingiz. (92)

Tafsir
Paygʻambaringiz Muso alayhissalom oʻzining haq ekaniga dalolat qiluvchi hujjatlar keltirdi. Siz esa Muso Parvardigori bilan uchrashish uchun ketganida buzoqqa sigʻina boshladingiz. Bu bilan ibodat qilinishga, mabudlikka haqdor boʻlgan yagona Zot - Allohga shirk keltirib, oʻzingizga oʻzingiz zulm qildingiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin