Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Jabroilga dushman bo`lganlarga ayt, albatta, Ul u(Qur'on)ni sening qalbingga Allohning izni bilan, o`zidan oldingini tasdiqlovchi va mo`minlar uchun hidoyat va bashorat qilib tushirdi. (97)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, yahudlardan: "Farishtalar orasidagi Jabroil bizning dushmanimiz", deydiganlariga aytingki, kim Jabroilga dushman boʻlsa, u adashgandir. Chunki Tavrot va Injil kabi oʻtgan kitoblarda oʻz tasdigʻini topgan, yaxshilikka chorlaydigan, moʻminlarga Alloh ular uchun tayyorlab qoʻygan jannat haqida xushxabar beradigan Quronni Allohning izni ila qalbingizga indirgan oʻsha Jabroildir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: