Sura Ta-Ha (To-Ha — طه) (Oyat 70)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




20 Ta-Ha(طه), Oyat 70

فَأُلْقِيَ السَّحَرَةُ سُجَّدًا قَالُوا آمَنَّا بِرَبِّ هَارُونَ وَمُوسَىٰ 70 ٧٠

Bas, sehrgarlar: «Horun va Musoning Robbiga iymon keltirdik», deb sajdaga tashlandilar. (70)

Tafsir
Shundan soʻng Muso asoni tashlagan edi, u ilonga aylanib, sehrgarlarning hamma sehrlarini yutib yubordi. Sehrgarlar Musoning ishi sehr emas, Alloh tarafidan ekanini anglab, Allohga sajda qilgan hollarida egilib, oʻzlarini yerga otib, Musoning, Horunning va barcha maxluqotlarning Parvardigoriga iymon keltirdik, dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin