Sura Ta-Ha (To-Ha — طه) (Oyat 87)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




20 Ta-Ha(طه), Oyat 87

قَالُوا مَا أَخْلَفْنَا مَوْعِدَكَ بِمَلْكِنَا وَلَٰكِنَّا حُمِّلْنَا أَوْزَارًا مِنْ زِينَةِ الْقَوْمِ فَقَذَفْنَاهَا فَكَذَٰلِكَ أَلْقَى السَّامِرِيُّ 87 ٨٧

Ular: «Biz senga bergan va'daga o`z ixtiyorimiz ila xilof qilmadik. Lekin bizga u qavmning ziynatidan og`irliklar yuklangan edi. Bas, ularni tashladik, Somiriy ana shunday ilqo qildi», dedilar. (87)

Tafsir
Musoning qavmi dedi: «Ey Muso, biz senga bergan vadani oʻz ixtiyorimiz bilan buzmadik. Shunday qilishga majbur boʻlib qoldik. Firavn qavmining zeb-ziynatlaridan iborat ogʻir yuklar bizga yuklatilgandi. Ulardan qutulish uchun bir chuqurga tashlab yubordik. Xuddi biz tashlaganimizdek, Somiriy ham oʻzidagi Jabroil alayhissalom otining oyogʻi ostidan olingan tuproqni tashladi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin