Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 78)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 78

وَدَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ إِذْ يَحْكُمَانِ فِي الْحَرْثِ إِذْ نَفَشَتْ فِيهِ غَنَمُ الْقَوْمِ وَكُنَّا لِحُكْمِهِمْ شَاهِدِينَ 78 ٧٨

Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). O`shanda u(ekinzor)ga qavmning qo`yi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo`lgan edik. (78)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Dovud va uning oʻgʻli Sulaymon alayhimassalomlar qissasini eslang. Ular bir masalada hukm qilgandilar. Bir odamning qoʻylari boshqa odamning ekinzoriga kirib, uni payhon qilib yuborgan ekan. Biz bu hukmga guvoh boʻlganmiz. Undan biron narsa Bizdan yashirin qolgan emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin