Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 18

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يَسْجُدُ لَهُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَمَنْ فِي الْأَرْضِ وَالشَّمْسُ وَالْقَمَرُ وَالنُّجُومُ وَالْجِبَالُ وَالشَّجَرُ وَالدَّوَابُّ وَكَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ ۖ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ الْعَذَابُ ۗ وَمَنْ يُهِنِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ مُكْرِمٍ ۚ إِنَّ اللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَاءُ ۩ 18 ١٨

Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, tog`lar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan ko`plari, albatta, Allohga sajda qilishini ko`rmaysanmi? Ko`plariga esa, azob haq bo`ldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir. (18)

Tafsir
Ey Paygʻambar, samolardagi farishtalar, yerdagi moʻmin insu jinlar, quyosh, oy, osmondagi yulduzlar, yerdagi togʻlar, daraxtlar, hayvonlar Allohga sajda qilayotganini - boʻysunayotganini bilmaysizmi? Koʻp odamlar ham shunday sajda qiladilar - itoat etadilar. Koʻplar itoat etishdan bosh tortadilar va ularga kofirliklari tufayli Allohning azobi haq boʻldi. Alloh kimni kofirligi tufayli xor qilib qoʻygan boʻlsa, uni aziz qila oladigan biron kimsa topilmas. Alloh Oʻzi istagan ishni qilur. U Zotni hech kim, hech narsa hech ishga majbur qila olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin