Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 23

إِنَّ اللَّهَ يُدْخِلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِنْ ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ 23 ٢٣

Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir. (23)

Tafsir
Iymon guruhini, yani, Allohga iymon keltirib, yaxshi ishlarni qilgan zotlarni esa Alloh qasrlari va daraxtlarining ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlarga kiritadi. Alloh ularni oltin bilakuzuklar va duru marjonlar bilan bezantirib qoʻyadi. U yerda liboslari ipakdan boʻladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin