Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 40

الَّذِينَ أُخْرِجُوا مِنْ دِيَارِهِمْ بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّا أَنْ يَقُولُوا رَبُّنَا اللَّهُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ اللَّهِ النَّاسَ بَعْضَهُمْ بِبَعْضٍ لَهُدِّمَتْ صَوَامِعُ وَبِيَعٌ وَصَلَوَاتٌ وَمَسَاجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا اسْمُ اللَّهِ كَثِيرًا ۗ وَلَيَنْصُرَنَّ اللَّهُ مَنْ يَنْصُرُهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ 40 ٤٠

Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun o`z diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf' qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi ko`plab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan bo`lur edi. Albatta, Alloh O`ziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va g`olibdir. (40)

Tafsir
Moʻminlarki, ularni kofirlar diyorlaridan nohaq quvganlar. Ularning "Parvardigorimiz yolgʻiz Allohdir, undan oʻzga parvardigor yoʻqdir", degan gapdan boshqa jinoyatlari boʻlmagan. Alloh paygʻambarlar va moʻminlarga dushmanlarga qarshi jang qilishni shariat qilib qoʻymaganida gʻanimlar hamma ibodat qilinadigan joylarga tajovuz qilib, Allohning nomi koʻp zikr qilinadigan rohiblarning uzlatgohlarini ham, nasroniylarning cherkovlarini ham, yahudiylarning ibodatxonalarini ham, musulmonlarning masjidlarini ham vayron qilib yuborgan boʻlardilar. Kim Allohning dinini, paygʻambarini qoʻllab-quvvatlasa, uni Alloh qoʻllab-quvvatlaydi. Albatta Alloh Qudratli, yordam berishga Qodir va hammadan Gʻolib Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin