Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 62)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 62

ذَٰلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ هُوَ الْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ هُوَ الْبَاطِلُ وَأَنَّ اللَّهَ هُوَ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ 62 ٦٢

Chunki, Allohning O`zigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir. (62)

Tafsir
Kechaning kunduz ichiga, kunduzni esa kecha ichiga kiritishiga sabab shuki, Alloh Haqdir. Uning dini haq, vadasi haq, moʻminlarni qoʻllab-quvvatlashi haq. Mushriklarning Allohni qoʻyib sigʻinayotgan butlari esa tagi puch botildir. Alloh Zoti bilan ham, qudrati bilan ham, qahri bilan ham hammadan oliydir. Barcha buyuklik, yuksaklik, ulugʻlik yolgʻiz Unikidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin