Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 72)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 72

وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ تَعْرِفُ فِي وُجُوهِ الَّذِينَ كَفَرُوا الْمُنْكَرَ ۖ يَكَادُونَ يَسْطُونَ بِالَّذِينَ يَتْلُونَ عَلَيْهِمْ آيَاتِنَا ۗ قُلْ أَفَأُنَبِّئُكُمْ بِشَرٍّ مِنْ ذَٰلِكُمُ ۗ النَّارُ وَعَدَهَا اللَّهُ الَّذِينَ كَفَرُوا ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ 72 ٧٢

Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni ko`rursan. Ular o`zlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U do`zaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga va'da qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin. (72)

Tafsir
Ularga Qurondagi ochiq-oyatlarimizni oʻqib berayotgan paytingizda ularning yomon koʻrib, gʻazablanib, aftlarini burishtirayotganlarini koʻrasiz. Gʻazablari shu qadarki, tilovat qilib berayotganlarga chang solib yuboray deydilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Sizlarga mana shu qiliqlaringizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U doʻzaxdir. Alloh unga kofirlarni solaman, deb vada qilgan. Ularning oxir-oqibatda boradigan joylari naqadar yomon joy!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin