Sura Haj (الحج) (Oyat 73)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Haj(الحج), Oyat 73

يَا أَيُّهَا النَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌ فَاسْتَمِعُوا لَهُ ۚ إِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ ۖ وَإِنْ يَسْلُبْهُمُ الذُّبَابُ شَيْئًا لَا يَسْتَنْقِذُوهُ مِنْهُ ۚ ضَعُفَ الطَّالِبُ وَالْمَطْلُوبُ 73 ٧٣

Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qo`yib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan o`shani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi. (73)

Tafsir
Ey odamlar, bir masal zarb etildi. Unga quloq solinglar va undan ibrat olinglar. Sizlar ibodat qilayotgan but-sanamlar bitta pashshani ham yarata olmaydilar. Hammalari birlashganda ham bu ishni qilolmaydilar. Agar pashsha ulardan biron kerakli, yoqimli narsasini tortib olsa, uni qutqarib ham ololmaydilar. Talab qilayotgan oʻsha but-sanamlar ham zaif, talab qilinayotgan pashsha ham. Kelib-kelib, shu ojiz-notavonlarga ibodat qilasizlarmi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin