Sura Al-Mu'minun (Mo‘minlar — المؤمنون) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




23 Al-Mu'minun(المؤمنون), Oyat 14

ثُمَّ خَلَقْنَا النُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا الْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا الْمُضْغَةَ عِظَامًا فَكَسَوْنَا الْعِظَامَ لَحْمًا ثُمَّ أَنْشَأْنَاهُ خَلْقًا آخَرَ ۚ فَتَبَارَكَ اللَّهُ أَحْسَنُ الْخَالِقِينَ 14 ١٤

So`ngra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan go`sht yaratdik, chaynalgan parcha go`shtdan suyak yaratdik, bas, suyakka go`sht qopladik, so`ngra uni boshqa bir jonzot etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli va buyukdir. (14)

Tafsir
Bachadondan joy olgan nutfani laxta qonga, laxta qonni bir parcha goʻshtga, bir parcha goʻshtni esa suyaklarga aylantirdik. Keyin suyaklarga goʻsht qopladik. Shundan keyin unga bir nafxa urib, bachadondan hayotga chiqardik. Bas, eng goʻzal yaratuvchi Alloh barakotlidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin