Sura Al-Mu'minun (Mo‘minlar — المؤمنون) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




23 Al-Mu'minun(المؤمنون), Oyat 33

وَقَالَ الْمَلَأُ مِنْ قَوْمِهِ الَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِلِقَاءِ الْآخِرَةِ وَأَتْرَفْنَاهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا مَا هَٰذَا إِلَّا بَشَرٌ مِثْلُكُمْ يَأْكُلُ مِمَّا تَأْكُلُونَ مِنْهُ وَيَشْرَبُ مِمَّا تَشْرَبُونَ 33 ٣٣

Uning qavmidan kufr keltirgan, oxiratga ro`baro` bo`lishini yolg`onga chiqargan va Biz ularni hayoti dunyoda maishatparast qilib qo`ygan zodagonlari: «Bu, sizga o`xshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydir, siz ichgan narsadan ichadir. (33)

Tafsir
Qavmi orasidagi Allohga kufr keltirgan, oxiratni va undagi savobu jazoni inkor qiladigan, shu dunyoda Biz ato etgan nematlarga kerilib, haddidan oshgan zodagonlar oʻzlarining tobelari va ommaga shunday dedilar: "Bu ham xuddi sizlarga oʻxshagan bir inson, xolos. Sizlar yeydigan narsadan yeydi. Sizlar ichadigan narsadan ichadi. Paygʻambar boʻladigan darajada uning sizlardan ortiq joyi yoʻq".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin