Sura Al-Mu'minun (Mo‘minlar — المؤمنون) (Oyat 78)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




23 Al-Mu'minun(المؤمنون), Oyat 78

وَهُوَ الَّذِي أَنْشَأَ لَكُمُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَالْأَفْئِدَةَ ۚ قَلِيلًا مَا تَشْكُرُونَ 78 ٧٨

U zot sizga quloqni, ko`zlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz! (78)

Tafsir
Ey qayta tirilishni inkor etayotganlar, Alloh sizlarga eshitishingiz uchun quloqlarni, koʻrishingiz uchun koʻzlarni va tushunishingiz uchun qalblarni yaratib berdi. Shunday boʻlsa ham U Zot ato etgan nematlarga bunchalar oz shukr qilasizlar-a!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin