Sura Al-Mu'minun (Mo‘minlar — المؤمنون) (Oyat 88)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




23 Al-Mu'minun(المؤمنون), Oyat 88

قُلْ مَنْ بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ يُجِيرُ وَلَا يُجَارُ عَلَيْهِ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ 88 ٨٨

Sen: «Agar bilsangiz (ayting-chi), har bir narsaning mulki qo`lida bo`lgan, O`zi himoya qiladigan va Undan himoya qilinmaydigan zot kim?!» deb ayt. (88)

Tafsir
Ularga ayting: "Agar bilsangizlar, aytinglar-chi, hamma narsaning mulki Qoʻlida boʻlgan Zot kim? Uning mulki kamaymaydi. U Oʻzi istagan bandasini Oʻz himoyasiga oladi. U Zot birovga yomonlikni istasa, uni hech kim U Zotdan himoya qila olmaydi. U Zotning azobidan qutqarolmaydi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin