Sura Nur (النور) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 Nur(النور), Oyat 15

إِذْ تَلَقَّوْنَهُ بِأَلْسِنَتِكُمْ وَتَقُولُونَ بِأَفْوَاهِكُمْ مَا لَيْسَ لَكُمْ بِهِ عِلْمٌ وَتَحْسَبُونَهُ هَيِّنًا وَهُوَ عِنْدَ اللَّهِ عَظِيمٌ 15 ١٥

O`shanda siz u(ifk)ni tillaringiz ila ilib olar, og`zingiz ila o`zingiz bilmagan narsani gapirar edingiz va u (ifk)ni o`zingizga yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyukdir. (15)

Tafsir
Oʻshanda uni bir-birlaringizga gapirib berardingiz, bilib-bilmay tagi yolgʻon xabarni ogʻizlaringiz bilan soʻzlardingiz va bu ishni yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyuk gunohdir. Zero, unda yolgʻon va boʻhton mujassam.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin