Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 22

وَلَا يَأْتَلِ أُولُو الْفَضْلِ مِنْكُمْ وَالسَّعَةِ أَنْ يُؤْتُوا أُولِي الْقُرْبَىٰ وَالْمَسَاكِينَ وَالْمُهَاجِرِينَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۖ وَلْيَعْفُوا وَلْيَصْفَحُوا ۗ أَلَا تُحِبُّونَ أَنْ يَغْفِرَ اللَّهُ لَكُمْ ۗ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ 22 ٢٢

Sizlardan fazl va boylik egasi bo`lganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yo`lida muhojir bo`lganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, o`tib yuborsinlar. Alloh sizlarni mag`firat qilishini xush ko`rmaysizlarmi?! Alloh o`ta mag`firatli, o`ta rahimli Zotdir. (22)

Tafsir
Din bobida fozil, mol-davlat bobida esa boy boʻlganlar muhtoj qarindoshlariga, miskinlarga va Alloh yoʻlidagi muhojirlarga ularning biron gunohlari tufayli infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar. Afv etsinlar, kechirsinlar. Sizlar ularni kechirgan paytingizda Alloh sizlarni kechirib yuborishini istamaysizlarmi? Alloh tavba qilgan bandasini magʻfirat aylaydigan, Mehribon Zotdir. Shunday ekan, bandalari bundan ibrat olsinlar. Bu oyat Abubakr siddiq (Alloh u kishidan rozi boʻlsin) haqida nozil boʻlgan. U kishi Mistahga qaytib infoq-ehson qilmaslikka qasam ichgandi. Chunki Mistah boʻhtonda ishtirok etgandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin