Sura Nur (النور) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 Nur(النور), Oyat 27

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَدْخُلُوا بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّىٰ تَسْتَأْنِسُوا وَتُسَلِّمُوا عَلَىٰ أَهْلِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ 27 ٢٧

Ey, iymon keltirganlar! O`z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so`ramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang. Ana shunday qilmog`ingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki, eslasangiz. (27)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va U Zotning shariatiga amal qiladigan moʻminlar, oʻz uylaringizdan boshqa uylarga izn soʻramasdan va uy egalariga salom bermasdan kirmanglar. Kirishdan oldin: "Assalomu alaykum, kirsam maylimi?", deb izn soʻranglar. Mana shunday qilishingiz toʻsatdan kirib borganingizdan koʻra yaxshiroqdir. Shoyadki, ibrat olib, buyruqni bajarsangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin