Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 28

فَإِنْ لَمْ تَجِدُوا فِيهَا أَحَدًا فَلَا تَدْخُلُوهَا حَتَّىٰ يُؤْذَنَ لَكُمْ ۖ وَإِنْ قِيلَ لَكُمُ ارْجِعُوا فَارْجِعُوا ۖ هُوَ أَزْكَىٰ لَكُمْ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ 28 ٢٨

Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha, ularga kirmang. Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, o`sha siz uchun pokdir. Alloh nima amal qilayotganingizni o`ta bilguvchidir. (28)

Tafsir
Oʻsha uylarda hech kimni topmasangizlar to izn berilmaguniga qadar ularga kirmanglar. Agar uy egalari sizlarga, qaytinglar, deyishsa, kirmasdan qaytinglar. Zero, Allohning nazdida mana shu ish pokizaroq. Alloh qilayotgan ishlaringizni Bilguvchi Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Yaqinda sizlarga amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin