Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 2

الزَّانِيَةُ وَالزَّانِي فَاجْلِدُوا كُلَّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا مِائَةَ جَلْدَةٍ ۖ وَلَا تَأْخُذْكُمْ بِهِمَا رَأْفَةٌ فِي دِينِ اللَّهِ إِنْ كُنْتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۖ وَلْيَشْهَدْ عَذَابَهُمَا طَائِفَةٌ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ 2 ٢

Zinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan bo`lsangiz, sizlarni ularga nisbatan Allohning dinida shafqat tutmasin. Va ularning azobiga bir toifa mo`minlar guvoh bo`lsinlar. (2)

Tafsir
Zoniy va zoniyalar bu ishni bokira paytida qilgan boʻlsalar, ulardan har birini yuz darra uringlar. Allohga va oxirat kuniga ishonadigan boʻlsangizlar, ularga shafqat qilib, shu hukmni ijro qilmaslik yoki uni yengillatish holatlari yuz bermasin. Ularga had urish bir qancha moʻminlarning guvohligida, koʻz oʻngida boʻlsin. Toki, bu ish hammaga yoyilsin va boshqalarning zinodan tiyilishiga sabab boʻlsin.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin