Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 39

وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَعْمَالُهُمْ كَسَرَابٍ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ الظَّمْآنُ مَاءً حَتَّىٰ إِذَا جَاءَهُ لَمْ يَجِدْهُ شَيْئًا وَوَجَدَ اللَّهَ عِنْدَهُ فَوَفَّاهُ حِسَابَهُ ۗ وَاللَّهُ سَرِيعُ الْحِسَابِ 39 ٣٩

Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga o`xshar. Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini to`liq qilur. Alloh o`ta tez hisob qilguvchidir. (39)

Tafsir
Kufr keltirgan kimsalarning qilib oʻtgan amallari sahrodagi sarob kabidir. Tashna odam uni suv, deb oʻylaydi. Uning oldiga kelganda esa hech narsani topa olmaydi. Xuddi shunga oʻxshab, kofir ham oʻzining amallari foyda qiladi, deb oʻylaydi. Oʻlib, qayta tirilgandan keyin esa ularning foydasizligini koʻradi. Oʻsha yerda Allohni topadi. Bas, Alloh uning hisobini toʻla qilib oladi. Alloh tez hisob olguvchi Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin