Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 3

الزَّانِي لَا يَنْكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَالزَّانِيَةُ لَا يَنْكِحُهَا إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ 3 ٣

Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, mo`minlarga harom qilinmishdir. (3)

Tafsir
Zinoning naqadar manfur ish ekanini koʻrsatib berish uchun Alloh taolo aytyaptiki, zinoga odatlangan zoniy oʻziga oʻxshagan zoniya yoki zinodan tiyilmaydigan mushrika bilan zino qilishni istaydi. Holbuki, bu ish sharan joiz emas. Zinoga odatlangan zoniya ham oʻziga oʻxshagan zoniy yoki zinodan hazar qilmaydigan mushrik bilan zino qilishni istaydi. Holbuki, bu ish ham sharan joiz emas. Afif moʻminlarga esa zoniyaga uylanish, afifa moʻminalarga ham, zoniyga erga tegish harom qilindi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin