Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 43)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 43

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُزْجِي سَحَابًا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُ ثُمَّ يَجْعَلُهُ رُكَامًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَالِهِ وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَاءِ مِنْ جِبَالٍ فِيهَا مِنْ بَرَدٍ فَيُصِيبُ بِهِ مَنْ يَشَاءُ وَيَصْرِفُهُ عَنْ مَنْ يَشَاءُ ۖ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِ يَذْهَبُ بِالْأَبْصَارِ 43 ٤٣

Alloh bulutlarni haydashini, so`ngra birga to`plashini, so`ngra uyib qo`yishini ko`rmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rursan. U zot osmondan, undagi tog`lardan do`l tushirib, u bilan O`zi xohlagan kishilarga musiybat yetkazur va uni O`zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmog`ining yarqirashi ko`zlarni ketkazgudek bo`lur. (43)

Tafsir
Ey Paygʻambar, bilmaysizmiki, Alloh bulutlarni haydaydi, keyin ularni birlashtiradi, undan keyin ularni bir uyumga aylantiradi. Bas, yomgʻir ana shu bulutlar ichidan chiqib keladi. Alloh xuddi togʻlar kabi quyuq bulutlardan mayda toshlardek qattiq doʻllarni yogʻdirib, uni Oʻzi istagan bandalariga yetkazadi, istagan bandalaridan burib yuboradi. Bulutlardan chiqqan chaqmoqning yorugʻligi koʻzlarni olib ketgudek boʻladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin