Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 47

وَيَقُولُونَ آمَنَّا بِاللَّهِ وَبِالرَّسُولِ وَأَطَعْنَا ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌ مِنْهُمْ مِنْ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۚ وَمَا أُولَٰئِكَ بِالْمُؤْمِنِينَ 47 ٤٧

Ular: «Allohga va Payg`ambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. So`ngra ulardan bir guruhi yuz o`girib keturlar. Ana o`shalar mo`min emaslar. (47)

Tafsir
Munofiqlar: "Allohga ham, Paygʻambarga ham iymon keltirdik va Allohning paygʻambariga itoat etdik", deydilar. Mana shundan keyin ulardan bir toifasi Allohning yoʻlida jihod qilish va boshqa ishlarda itoatsizlik qiladilar. Allohga va Paygʻambarga itoat etishdan bosh tortgan bu kimsalar, garchi oʻzlarini moʻminmiz, deb davo qilsalar-da, moʻmin emaslar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin