Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Allohga itoat qilinglar, Payg`ambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz o`girib ketsangiz, u(Payg`ambar)ga o`ziga yuklatilgan narsa, sizga o`zingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Payg`ambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», deb ayt. (54)
Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi munofiqlarga ayting: "Zohirda ham, botinda ham Allohga va Paygʻambarga itoat etinglar. Itoat etishdan bosh tortsangizlar, bilib qoʻyinglarki, Paygʻambarning zimmasida yetkazib qoʻyish majburiyati, sizlarning zimmangizda esa itoat etish, u zot olib kelgan shariatga amal qilish majburiyati bor. Paygʻambarga u olib kelgan buyruqlarni bajarish va taqiqlardan tiyilish ila itoat etsangizlar, haq sari hidoyat topasizlar. Paygʻambarning zimmasida ochiq qilib yetkazib qoʻyishdan boshqa vazifa yoʻq. Sizlarni majburlab hidoyatga solib qoʻyish uning vazifasiga kirmaydi".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: