Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 59

وَإِذَا بَلَغَ الْأَطْفَالُ مِنْكُمُ الْحُلُمَ فَلْيَسْتَأْذِنُوا كَمَا اسْتَأْذَنَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 59 ٥٩

Qachon sizning yosh bolalaringiz balog`atga yetsalar, ulardan oldingilar izn so`raganidek, izn so`rasinlar. Alloh O`z oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir. (59)

Tafsir
Goʻdaklaringiz balogʻatga yetgach, uylarga kirish oldidan oldingi kattalar izn soʻraganidek izn soʻrasinlar. Alloh sizlarga izn soʻrash hukmlarini bayon qilganidek, boshqa oyatlarini ham bayon qiladi. Alloh bandalariga nima foydali ekanini Bilguvchi va har bir shariatini hikmat bilan qilguvchi Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin