Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 20)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Biz sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Ba'zilaringizni ba'zilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing ko`rguvchi bo`lgan Zotdir. (20)
Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan oldin yuborganimiz paygʻambarlar ham taom yeydigan, bozorlarda yuradigan odamlar boʻlganlar. Sizning ham shunday boʻlishingiz yangilik emas. Ey odamlar, biringizni biringizga boylik va kambagʻallik, sogʻlik va kasallik kabi ishlarda sinov qilib qoʻydik. Boshingizga kelgan baloga sabr qilib, Allohning savobiga noil boʻla olarmikansiz? Alloh sabr qilganlarni ham, qilmaganlarni ham, itoat etganlarni ham, etmaganlarni ham koʻrib-bilib turadi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: