Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 21)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bizga uchrashdan umidsiz bo`lganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni ko`rsak edi, derlar. Batahqiq, ular o`zlaridan ketdilar va katta tug`yon-la tug`yon qildilar. (21)
Tafsir
Biz bilan uchrashishdan umidvor boʻlmaydigan va azobimizdan qoʻrqmaydigan kofirlar: "Alloh bizga farishtalarni tushirganida edi va ular Muhammadning rost gapirayotganini aytganlarida edi yoki Parvardigorimizni oʻz koʻzlarimiz bilan koʻrganimizda edi va U bizga gapirganida edi", dedilar. Ulardagi kibr ularni iymondan toʻsadigan darajada katta. Ular nonkoʻrlik qilish va haddan oshish borasida mana shu gapni aytishgacha bordilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: