Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Al-Furqan(الفرقان), Oyat 45

أَلَمْ تَرَ إِلَىٰ رَبِّكَ كَيْفَ مَدَّ الظِّلَّ وَلَوْ شَاءَ لَجَعَلَهُ سَاكِنًا ثُمَّ جَعَلْنَا الشَّمْسَ عَلَيْهِ دَلِيلًا 45 ٤٥

Robbingning soyani qanday yoyib qo`yganini ko`rmadingmi? Agar xohlasa, uni jilmas qilardi. So`ngra quyoshni Biz unga dalil qildik. (45)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Allohning qudratini koʻrmadingizmi?! Soyani yer yuziga yoyib qoʻydi. Agar istaganida uni qimirlamasdan bir joyda qotib turadigan qilib qoʻyardi. Keyin quyoshni uning borligiga dalil qildik. Unga qarab, uzayadi va qisqaradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin