Sura Furqon (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Furqon(الفرقان), Oyat 54

وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ مِنَ الْمَاءِ بَشَرًا فَجَعَلَهُ نَسَبًا وَصِهْرًا ۗ وَكَانَ رَبُّكَ قَدِيرًا 54 ٥٤

U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qo`ygan Zotdir. Robbing qodir bo`lgan Zotdir. (54)

Tafsir
U shunday Zotki, ayol va erkakning pushti kamaridan, suvidan insonni yaratdi. Keyin ular orasida qarindoshchilik, qudachilik rishtalarini bogʻladi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz har ishga Qodir. U Zotning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Insonni bir tomchi suvdan yaratgani ham oʻsha qudratining bir koʻrinishidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin