Sura Furqon (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 58)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Furqon(الفرقان), Oyat 58

وَتَوَكَّلْ عَلَى الْحَيِّ الَّذِي لَا يَمُوتُ وَسَبِّحْ بِحَمْدِهِ ۚ وَكَفَىٰ بِهِ بِذُنُوبِ عِبَادِهِ خَبِيرًا 58 ٥٨

Va barhayot, o`lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o`ta xabardor bo`lishda Uning O`zi kifoyadir. (58)

Tafsir
Ey Paygʻambar, hamma ishlaringizda hech qachon oʻlmaydigan boqiy, barhayot Allohga tavakkul qiling. Unga hamdu sano ayting, tasbeh ayting. Bandalarining gunohlaridan xabardor boʻlib turish bobida U Zotning Oʻzi kifoyadir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Yaqinda hammaning qilgan amallariga yarasha jazo yoki mukofotini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin