Sura Furqon (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Furqon(الفرقان), Oyat 59

الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ ۚ الرَّحْمَٰنُ فَاسْأَلْ بِهِ خَبِيرًا 59 ٥٩

U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, o`sha o`ta Xabardordan so`ra. (59)

Tafsir
U shunday Zotki, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdi. Soʻng Oʻz ulugʻligi va buyukligiga loyiq tarzda Arshga koʻtarildi. U Rahmondir. Bas, ey Paygʻambar, U haqda xabardor Zotdan soʻrang. U hamma narsani biladigan Allohdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin