Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 7)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular: «Bu ne Payg`ambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi bo`lar edi. (7)
Tafsir
Paygʻambar alayhissalomni yolgʻonchiga chiqargan mushriklar shunday dedilar: "Qanaqasiga bu paygʻambar boʻlsin? Axir u boshqa odamlarga oʻxshab ovqat yeydi-ku, tirikchilik uchun bozorlarda yuradi-ku. Alloh unga qoʻshib, uni tasdiqlaydigan, qoʻllab-quvvatlaydigan, unga hamroh boʻladigan bir farishtani ham tushirmabdi-da".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: