Sura Ash-Shu'ara (Shoirlar — الشعراء) (Oyat 227)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




26 Ash-Shu'ara(الشعراء), Oyat 227

إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَذَكَرُوا اللَّهَ كَثِيرًا وَانْتَصَرُوا مِنْ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا ۗ وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ 227 ٢٢٧

Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni ko`p zikr etganlar va mazlum bo`lganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi ag`darilish joyiga ag`darilishlarini bilurlar. (227)

Tafsir
Iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, Allohni koʻp yodga olgan va Hasson ibn Sobit kabi Allohning dushmanlaridan zulm koʻrib, undan keyin zafar quchgan shoirlar bundan mustasno. Allohga shirk keltirgan va U Zotning bandalariga zoʻravonlik qilgan zolimlar esa yaqinda qanday oqibatga, oʻta nozik hisob-kitobga qarab ketayotganlarini bilib oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin