Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 19

فَتَبَسَّمَ ضَاحِكًا مِنْ قَوْلِهَا وَقَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِي أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ الَّتِي أَنْعَمْتَ عَلَيَّ وَعَلَىٰ وَالِدَيَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَالِحًا تَرْضَاهُ وَأَدْخِلْنِي بِرَحْمَتِكَ فِي عِبَادِكَ الصَّالِحِينَ 19 ١٩

Bas, u uning so`zidan tabassum qildi va: «Robbim, meni O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr etishimga va Sen rozi bo`ladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. O`z rahmating ila meni solih bandalaringga qo`shgin», dedi. (19)

Tafsir
Sulaymon chumolining gapidan kulib-tabassum qildi va Parvardigoriga duo qilib dedi: "Parvardigorim, menga va ota-onamga bergan nematingga shukr etishimga va Oʻzing rozi boʻladigan yaxshi amallarni qilishimga meni muvaffaq aylagin hamda Oʻz fazlu marhamating ila solih bandalaring safiga kiritgin!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin