Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 25

أَلَّا يَسْجُدُوا لِلَّهِ الَّذِي يُخْرِجُ الْخَبْءَ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُخْفُونَ وَمَا تُعْلِنُونَ 25 ٢٥

Osmonlaru yerdagi sirlarni oshkor qiladigan, maxfiy va oshkor qilgan narsalaringizni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?! (25)

Tafsir
Nima uchun shayton ularga qilayotgan shirk va gunohlarini chiroyli qilib koʻrsatdi? Osmondagi sirlarni oshkor etib, yomgʻir yogʻdiradigan, yerdagi sirlarni ham oshkor qilib, oʻsimliklarni undirib chiqaradigan va sizlarning yashirgan ishlaringizni ham, oshkora ishlaringizni ham biladigan Allohga sajda qilmasliklari uchun.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin