Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 44

قِيلَ لَهَا ادْخُلِي الصَّرْحَ ۖ فَلَمَّا رَأَتْهُ حَسِبَتْهُ لُجَّةً وَكَشَفَتْ عَنْ سَاقَيْهَا ۚ قَالَ إِنَّهُ صَرْحٌ مُمَرَّدٌ مِنْ قَوَارِيرَ ۗ قَالَتْ رَبِّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي وَأَسْلَمْتُ مَعَ سُلَيْمَانَ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ 44 ٤٤

U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi. Qachonki uni ko`rganida, suv deb o`ylab, poychalarini ochdi. U(Sulaymon): «Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi. U(malika): «Ey Robbim, albatta, men o`zimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi — Allohga musulmon bo`ldim!» dedi. (44)

Tafsir
Unga: "Saroyga kir", deyildi. Saroy billur qasr boʻlib, xuddi suv ustiga qurilganga oʻxshar edi. Uni koʻrgach, suv deb oʻyladi va poychalarini shimardi. Sulaymon alayhissalom unga: "Bu billurdan silliq qilib yasalgan qasrdir", dedi va uni Islomga davat etdi. Malika bu davatni qabul qilib: "Parvardigorim, men Sendan boshqaga ibodat qilib, oʻzimga oʻzim jabr qilibman. Endi Sulaymon bilan birga hamma maxluqotlarning parvardigori Allohga boʻysundim, musulmon boʻldim", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin