Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 45

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ فَإِذَا هُمْ فَرِيقَانِ يَخْتَصِمُونَ 45 ٤٥

Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik. Bas, banogoh, ular ikki guruh bo`lib tortisha boshladilar. (45)

Tafsir
Samudga nasl-nasabi bir birodarlari Solih alayhissalomni paygʻambar qilib yubordik. U: "Yolgʻiz Allohgagina ibodat qilinglar", dedi. Shu davatdan keyin ular kutilmaganda ikki guruhga boʻlinib olib, bir-birlari bilan kim haq ekani ustida talashib-tortisha boshladilar. Biri moʻmin guruh boʻlsa, ikkinchisi kofir guruh edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin