Sura Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 49)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 Naml(النمل), Oyat 49

قَالُوا تَقَاسَمُوا بِاللَّهِ لَنُبَيِّتَنَّهُ وَأَهْلَهُ ثُمَّ لَنَقُولَنَّ لِوَلِيِّهِ مَا شَهِدْنَا مَهْلِكَ أَهْلِهِ وَإِنَّا لَصَادِقُونَ 49 ٤٩

Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar! Albatta, u (Solih)ni va uning ahlini tunda o`ldiramiz, so`ngra valiyiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgo`ylarmiz, deymiz», dedilar. (49)

Tafsir
Bir-birlariga dedilar: "Har biringiz Allohning nomiga qasam ichsin. Uni va uning ahlini tunda borib oʻldiramiz. Keyin uning xunini soʻrab kelgan valiyiga - mayyit-maqtul egasiga, ularning qanday oʻldirilganini biz koʻrmadik, biz rost soʻzlaguvchilarmiz, deymiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin