Sura Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 56)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 Naml(النمل), Oyat 56

فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلَّا أَنْ قَالُوا أَخْرِجُوا آلَ لُوطٍ مِنْ قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ 56 ٥٦

Uning qavmining javobi: «Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza bo`lishni xohlagan kishilardir», deyishdan boshqa narsa bo`lmadi. (56)

Tafsir
Qavmining javobi esa: "Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular oʻzlarini haromdan, najasdan pok tutadigan kishilardir", deyishdan boshqa narsa boʻlmadi. Bu gapni Lut ahli ularning buzuqliklariga qoʻshilmagani uchun masxara-mazax qilib aytdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin